Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX mansabdor shaxslarni qo‘lga oldi

DXX mansabdor shaxslarni qo‘lga oldi

Andijon viloyati, Asaka tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari topshirig‘iga asosan, unga tegishli chorvachilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydonining 50 sotix qismini sotish hamda tuman kadastr bo‘limi orqali ushbu yer maydonining toifasini noturar joyga o‘zgartirib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan 40 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu pul mablag‘idan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Kadastr agentligining Asaka tuman bo‘limi boshlig‘i ham ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda Asaka tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i va Kadastr agentligining Asaka tuman bo‘limi boshlig‘iga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq ushbu tumanning prokurori o‘rinbosari va sobiq tergovchi ushlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring