Asakadagi kiyim-kechak bozori yondi
Joriy yilning 10-noyabr kuni Andijon viloyati Asaka tumani «Komolot» mahallasida joylashgan kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in soat 00:42 da boshlangan. Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Ular yong‘inni 40 daqiqa ichida to‘liq o‘chirishgan. Yong‘indan buyum bozorining 80 m.kv. maydoni yonib zaralangan.
Yong‘in natijasida buyum bozorida joylashgan 4 ta do‘konga qisman zarar yetgan. Buyum bozorining 3000 m.kv. maydoni yong‘indan saqlanib qolingan.
Yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter