Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arktikada iqlim uchun «falokatli» bo‘lishi kutilayotgan omil aniqlandi

Arktikada iqlim uchun «falokatli» bo‘lishi kutilayotgan omil aniqlandi

Vashington universiteti, Los-Alamos milliy laboratoriyasi hamda Milliy okean va atmosfera boshqarmasi (NOAA) olimlari so‘nggi yigirma yil ichida Shimoliy Muz okeanidagi chuchuk suv miqdori 40 foizga oshganligini aniqladilar.

Atlantika okeaniga chuchuk suvning kirib kelishi global iqlimga falokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqdagi maqola Nature Communications jurnalida chop etilgan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, chuchuk suvning to‘planishi Arktika muzlarining erishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda chuchuk suv sho‘r suv ustida turibdi. Suv Bofort dengizidagi shamollar tomonidan qaytarib turilib, o‘ziga xos suv gumbazini hosil qiladi.

Agar shamollar to‘xtasa, toza suv shimoliy Atlantika, shu jumladan Labrador dengiziga ham kirib boradi. Bu o‘z navbatida Atlantika okeanidagi katta okean oqimlariga, shuningdek sovuq va iliq suvlar sirkulyasiyasi ta’sir qiladi.

Tadqiqotchilarning xulosasi Bofort dengizida 1983-1995-yillarda chuchuk suv tarqalishida kuzatilgan okean sirkulyasiyasiga asoslangan. Ma’lum bo‘lishicha, toza suvning katta qismi Kanadaning Arktika arxipelagi orqali Labradorga yetib kelgan. Ushbu tadbir davomida Labradorning sho‘rlik ko‘rsatgichi mingga 0,2-0,4 qismga kamaygan.

Hozirgi kunda Bofort dengizidagi toza suv hajmi o‘tgan oldingidan ikki baravar ko‘p va 23 ming kub kilometrni tashkil qilmoqda. Bunday chuchuk suv bombasining Atlantika okeaniga aniq ta’sirini taxmin qilish mumkin bo‘lmasa-da, olimlar bu butun Shimoliy yarim shar iqlimiga jiddiy ta’sir qiladi deb hisoblashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring