Argentinada 374 nafar tibbiyot xodimi yangi virusni yuqtirib oldi
Argentina Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 374 nafar sog‘liqni saqlash sohasi xodimi yangi tipdagi koronavirusni yuqtirgan. Bu raqam jami kasallanganlarning 14 foizini tashkil etadi.
«Koronavirus tasdiqlangan 2 669 kishidan 374 nafari yoki jami kasallanganlarning 14 foizi tibbiyot xodimlari toifasiga kiradi», — deydi sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Karla Vissoti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda COVID-19 ni yuqtirgan 3 nafar tibbiyot xodimi hayotdan ko‘z yumgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hisob-kitoblariga qaraganda, eng ko‘p COVID-19 Buenos-Ayres provinsiyasida qayd etilgan — 759 kishi. 2 669 kasallanganlardan 666 nafari tuzalgan. Virusga chalinganlarning o‘rtacha yoshi 44 yoshni tashkil etadi.
Argentina hukumati yangi koronavirus tarqalgani bois 20-martda majburiy karantinni joriy etdi. O‘tgan juma kuni karantin 26-aprelgacha uzaytirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter