Arab davlati bir haftalik motam e’lon qildi
Bahrayn bosh vaziri, shahzoda Xalifa ibn Salmon Al Xalifa 84 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi mamlakat hukumati.
«Bosh vazir Xalifa ibn Salmon Al Xalifa vafot etdi», – deb yozadi «Twitter»da qirolning maslahatchisi Nabil Xamr.
«Bahrain News Agency» xabariga ko‘ra, bosh vazir AQShdagi shifoxonada jon bergan. Qirollik bir haftalik motam e’lon qilindi. Shuningdek, 12-noyabrdan boshlab qirollikning rasmiy idoralari uch kun ishga chiqishmaydi.
Ibn Salmon Al Xalifa 1970-yildan beri bosh vazir lavozimini egallab kelgandi. U qirol oilasining eng nufuzli a’zolaridan biri hisoblangan.
Xalifa ibn Salmon Al Xalifa dunyo bo‘yicha eng uzoq muddat bosh vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatgan shaxs sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter