Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShlik millionerlar o‘z boyliklarini merosxo‘rlarga qoldirishdan nega xavotirlanishadi?

AQShlik millionerlar o‘z boyliklarini merosxo‘rlarga qoldirishdan nega xavotirlanishadi?

AQShda millionerlarning 67 foizi o‘zlaridan so‘ng katta meros qoldirishdan xavotirda ekanliklarini ma’lum qilgan.

Bunday natija The Motley Fool konsalting kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnomalar natijasida aniqlangan.

Yirik mulk egalarining qo‘rquvlari shundaki, merosxo‘rlar sotib olingan aktivlardan mas’uliyatsiz ravishda foydalanadilar (58,74 foiz), shuningdek, ularning oila a’zolari katta miqdordagi me’rosdan foydalanishga tayyor emasligi (56,54 foiz). Yana 56,03 foiz boylar merosni boshqa maqsadlarda, masalan, xayriya maqsadida sarflashni yaxshiroq yo‘l deb hisoblaydilar, 55,77 foizi esa katta miqdordagi kapitalga ega bo‘lgan merosxo‘rlar kelajakda dangasa bo‘lib qolishlaridan xavotir olishadi.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, 67,74 foiz amerikalik boylar bugungi kunga kelib merosxo‘rlardan bir qancha shartlarni bajarishlari talab qilinayotgani ham oydinlashgan. Meros egalari tomonidan qo‘yilgan ma’lum talablar bajarilishiga qarab, ularga aktivlardan qismlar ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring