Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShdagi o‘zbek oilalari ham naqd pul chekidan quruq qolishmadi

AQShdagi o‘zbek oilalari ham naqd pul chekidan quruq qolishmadi

AQShda yashayotgan Qodirovlar oilasiga (3 nafar) taqdim etilgan 2 900 dollar naqd pul cheki.

AQSh hukumati karantin davrida o‘rnatilgan cheklovlar sabab muammolarga duch kelgan aholisiga yordam sifatida naqd pul to‘laydigan bo‘ldi. Bunda kattalar uchun har bir fuqaroga 1200 dollar, bolalarga 500 dollar (bunda aholininng yillik daromadi 75 000 dollardan oshmasligi kerak, daromad oshgan sari to‘lov summasi kamayib boradi), deb yozmoqda «Davletovuz» kanali.

Mutaxassislarga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri naqd pul berish inqiroz davrida iste’molni qo‘llab-quvvatlash uchun eng yaxshi vosita, chunki bu iqtisodiyotga zararning ta’sirini kamaytiradi. Tadqiqotlarda aytilishicha, oilalarga to‘langan har bir dollar ularning iste’molini 0,29 dollarga oshirdi, birinchi kunlarda xarajatlar 1,5-2,5 baravar oshdi. Ya’ni aholi o‘ziga to‘langan pulni xarajatlari uchun sarflamoqda va qaysidir ma’noda pulni iqtisodiyot uchun qaytarib bermoqda.

Aytgancha, pul faqat Amerika fuqarolari uchun emas, balki mamlakat hududida qonuniy asosda yashayotgan boshqa fuqarolarga ham berilmoqda.

Suratda AQShda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari Qodirovlar oilasiga (3 nafar) taqdim etilgan 2 900 dollar naqd pul cheki.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring