AQShda to‘rt kunlik motam e’lon qilindi
AQSh prezidentligiga sobiq nomzod, respublikachilar vakili Bob Doul 98 yoshida vafot etdi. Shu munosabat bilan amaldagi prezident Jo Bayden mamlakatda to‘rt kunlik motam e’lon qildi.
9-dekabr quyosh botguniga qadar AQShning barcha muassasalari, rasmiy binolari, elchixonalari, harbiy bazalari va kemalaridagi bayroqlar tushirib qo‘yiladi.
Bob Doul — Ikkinchi jahon urushi veterani, senator, 1976-yili prezident Jerald Ford tomonidan vitse-prezidentlikka tavsiya etilgan. AQSh prezidentligi uchun uch marta nomzodini qo‘ygan, eng so‘nggisida — 1996-yili demokratlar nomzodi Bill Klintonga imkoniyatni boy bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter