AQShda koronavirusga qarshi ilk doridan foydalanishga rasman ruxsat berildi
AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) koronavirusga chalingan bemorlarni remdesivir bilan davolashga ruxsat berdi.
«Veklury» savdo belgisi ostida chiqarilgan ushbu dori COVID-19ga qarshi qo‘llashga ruxsat etilgan ilk dori vositasi ekanligi tashkilot saytida qayd etib o‘tilgan.
Ta’kidlash kerakki, ushbu ruxsat faqat kasalxonaga yotqizish zarurati tug‘ilganlar, ya’ni tegishli alomatlarga ega, kasalligi laboratoriyada aniqlanganlarga tatbiq etiladi.
Amerikaning remdesivir bilan shug‘ullanuvchi «Gilead Sciences Inc.» biofarmatsevtika kompaniyasi yetarli miqdorda dori yetkazib berish uchun ishlab chiqarishni oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter