Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda koronavirus alomatlari ro‘yxati yangilandi

AQShda koronavirus alomatlari ro‘yxati yangilandi

Foto: «Haqqin.az»

Kasalliklar profilaktikasi va nazorat markazi (Center for Disease Control) koronavirus infeksiyasi alomatlari ro‘yxatini yangiladi. Bu haqda rasmiy saytdagi ma’lumotlar dalolat bermoqda.

Avval keltirilgan yuqori tana harorati, yo‘tal va nafas siqishi kabi alomatlarga et uvushishi, mushaklardagi og‘riq, bosh og‘rig‘i, hid bilish qobiliyati yo‘qolishi va tomoq yallig‘lanishi qo‘shildi. Hujjatga ko‘ra quyidagi alomatlarda zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi: sianoz, nafas olishga qiynalish, ko‘krakdagi to‘xtovsiz og‘riq va hushsizlik.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ro‘yxat hamma alomatlarni ham o‘z ichiga jamlab olmasligi mumkin. Boshqa noxush holatlarda shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring