Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda g‘alayonlar bo‘lmoqda. Sobiq ittifoqda ham bunday holatlar talaygina bo‘lgan

AQShda g‘alayonlar bo‘lmoqda. Sobiq ittifoqda ham bunday holatlar talaygina bo‘lgan

AQSh dagi xalq g‘alayonlari natijasida butun mamlakat politsiya va xukumati zirillab kechirim so‘rab turibdi. Bazi bir sovetparastlar go‘yo sobiq ittifoqda xech bunday voqealar bo‘lmaganday SSSRni ko‘klarga ko‘tarib maqtashgacha bormoqda. Ularga SSSR tarixini ba’zi bir noma’lum qirralarini ochib, uni qanday «adolatli» bo‘lganini eslatmoqchiman.

Mayli 1917-60 yillargacha bo‘lgan son-sanoqsiz dexqon va ishchilar, soldatlar, maxbuslar g‘alayonlari, shuningdek, 1985-1991 yillardagi millatlararo urushlar, SSSRga qarshi milliy ozodlik qo‘zg‘olonlarini sovetparastlarga bonus sifatida chiqarib tashlaymiz.

Boshladik.

1. 1961 yil Murom shahrida militsionerlar zavod ishchisini urib o‘ldirib qo‘yadi. Murom ishchilari qo‘zg‘olon ko‘taradi va shahar militsiya idorasini bosib oladi. GOVDdagi 68 dona to‘pponcha qo‘zg‘olon a’zolari tomonidan bo‘lib olinadi. Qo‘zg‘olonda 1500dan oshiq ishchilar qatnashadi. Xukumat armiya yordamida qo‘zg‘olonni bostiradi. Ertasi kuni shahar markaziga «Murom uchun o‘ch olamiz! Yo‘qolsin komunistik rejim» deb yozib ketishadi.

2. Shu yili Aleksandrov shahrida 300 ishchi g‘alayon ko‘taradi.Qo‘zg‘olon general-mayor Korjenko tomonidan bostirilgan. To‘rtta ishchi otib o‘ldiriladi.

3. 1962 yilda non va oziq-ovqat narxi oshib ketganidan norozi xalq Novacherkaskda katta qo‘zg‘olon ko‘tarib, butun mamlakatga shov-shuv bo‘ladi. Qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostiriladi.

4. 1963 yil 7 noyabrda Sumgait va Krivoy-Rogda xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Qo‘zg‘olon uch kun davom etadi. Unda 600 kishi qatnashib, 4 kishi o‘ldiriladi.

5. 1964 yilda Stavropol o‘lkasi, Bronnitsa shahrida militsiya so‘roq payti yosh yigitchani o‘ldirib qo‘yadi. 700 kishilik olomon ko‘tarilib, militsiya mashinasini yoqib yuboradi. Qo‘zg‘olon bostiriladi.

6. 1967 yil Qirg‘iziston poytaxti Frunze (Bishkek) shahrida xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Bungayam sabab militsiya tergov payti yosh qirg‘iz yigitini o‘ldirib qo‘ygani bo‘ladi. Qo‘zg‘olon yiriklashib shahardagi 2 ta ROVD va bitta GOVD yoqib yuboriladi. G‘alayon bostiriladi va qo‘zg‘olon raxbarlaridan jami 18 kishi xibsga olinadi.Militsiya bilan to‘qnashuvlarda 7 kishi o‘ladi va 50 dan ortiq odam yarador bo‘ladi.

7. Shu yili Slutsk shaxrida KPSS a’zolari shahar ijro qo‘mitasi raxbarlaridan biri bo‘lgan Genadiy Gopakovich va Leonid Sitikolar ichib olib grajdanin Nikolayevni o‘ldirib qo‘yadilar. Ularning sudi bo‘ladigan kuni sud binosini 5000 kishi o‘rab olib yoqib yuboradi. Qo‘zg‘olon bostirilgan.

8. 1968 yilda Nalchik shaxrida militsionerlar yosh bolani o‘ldirib qo‘yadilar.To‘rt mingdan ortiq axoli isyon ko‘tarib, uchastkavoyni o‘ldiradi. Qo‘zg‘olon bostiriladi.

9. 1969 yilda Kishinyov avtoparkchilari qo‘zg‘oloni boshlanadi. Isyon bostirilgan.

10. 1972 yili Dneprodzerjinsk shahrida mahbuslarni tashuvchi mashina bexosdan yonib ketadi. Uning ichida odamlar bo‘lgan. Xalq g‘alayonga keladi. Dastlab miting keyin inqilob boshlanib ketadi. Inqilobchilar GOVD, so‘ngra shahar GORKOMini bosib oladilar. Armiya qo‘zg‘olonni bostiradi, 350 kishi xibsga olinadi.

11. 1974 yili Oltoy o‘lkasi Rubsovsk shaxri militsionerlar yosh ishchi yigitni o‘ldirib qo‘yadilar. Ko‘tarilgan qo‘zg‘olon natijasida ROVD majaqlab tashlanadi, militsionerlar kaltaklanadi. Sud militsionerlardan bir necha nafarini turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qiladi va bir nafariga o‘lim jazosini beradi. Lekin qo‘zg‘olonchilar ham jazolanadi.

12. 1977 yil ham Novomoskovsk va Kaunasda ming kishidan oshiq odamlar g‘alayon qilgan.

13. 1980 yil Tartuda ishchilar mitingi va g‘alayon.

14. 1981 yil Orjonikidzeda 4500 kishilik namoyish ommaviy tartibsizlik va g‘alayon.

15. 1984 yili Leninagorsk shahrida militsiya mashinasi yosh qizlarni urib yuborib, o‘ldiradi. Ming kishilik olomon tomonidan militsiyaga qarshi chiqish bo‘ladi.

Eslatma:

ROVD — rayon militsiya bo‘limi
GOVD — shaxar militsiya bo‘limi.

Ixtiyor Esanov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring