AQShda 69ta mashina ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi (foto)

AQShning Virjiniya shtatidagi magistral yo‘lda 69 ta mashina ishtirokidagi ommaviy yo‘l-transport hodisasi natijasida 51 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda «Gazeta.ru» nashri.


Manbaning xabariga ko‘ra, voqea Richmond shahri yaqinida joylashgan Kvins-Krik ko‘prigida sodir bo‘lgan. Avtomobillar yo‘llarning muz bilan qoplangani va tuman tushishi tufayli bir-biriga urilib ketgan.
Jabrlangan 51 kishining 11 nafari og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter