Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda bayram: bolalarga ignali shirinliklar berildi

AQShda bayram: bolalarga ignali shirinliklar berildi

Foto: «AP Photo / Sakchai Lalit»

Amerikaning Ogayo shtati Fostoriya shahrida Xellouin bayramida bolalar ichiga tikuv ignalari solingan konfetlar olishdi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib REN TV xabar bermoqda.

«Garchi bu ikkitagina konfet bo‘lsa ham, bunga jiddiy qaraymiz. Bolalarga zarar yetkazishni xohlaydigan darajada aqldan ozish mumkinligidan hayratdamiz», – dedi politsiya boshlig‘i Keyt Loreno.

Politsiyachilar ota-onalarga mahalliy shifoxonaga borib, bolalar olib kelgan shirinliklarda igna bor-yo‘qligini tekshirish uchun rengtendan o‘tkazishni maslahat berishdi.

Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari yovuz niyatli kimsani qidirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring