Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda 5–11 yoshli bolalarni «Pfizer» vaksinasi bilan emlashga rasman ruxsat berildi

AQShda 5–11 yoshli bolalarni «Pfizer» vaksinasi bilan emlashga rasman ruxsat berildi

Foto: «Unsplash»

AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) mamlakatda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni «Pfizer» vaksinasi bilan emlashga rasman ruxsat berdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Kichik yoshli bolalarni kovidga qarshi vaksinatsiyalash orqali mamlakatni «odatiy hayot» tarziga qaytarishga umid qilishyapti.

Barcha rasmiyatchiliklar nihoyasiga yetkazilganidan so‘ng, kelgusi haftadan bolalar uchun vaksinalar taqsimlanishi boshlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni — 28 million nafar.

«Pfizer» kompaniyasi bayonotiga ko‘ra, kam doza (kattalar uchun standart dozaning uchdan bir qismi) bilan emlash simptomsiz infeksiyaning oldini olishda 90 foiz samara beradi. Agarda yon ta’sirlar solishtiriladigan bo‘lsa, bu vaksina bilan emlash kichik yoshli bolalar uchun 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lganlarga nisbatan xavfsizroq.

«Pfizer» vaksinasini qo‘llash o‘lim holatlarini kamaytiradi, jonlantirish bo‘limlariga keluvchi bolalar sonini qisqartiradi, koronavirus shtammlarini yuqtirgan bolalar o‘rtasida nojo‘ya ta’sirlarni kamaytiradi», — dedi Maslahat kengashi a’zosi va pediatriya vaksinalari bo‘yicha ekspert Amanda Kon.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring