Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda 400 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan fuqaro 34 yil o‘tib oqlandi

AQShda 400 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan fuqaro 34 yil o‘tib oqlandi

Kecha, 15-mart kuni AQShda 400 yilga qamalgan 57 yoshli Sidni Xolms Brovard okrugi (Florida) qamoqxonasidan ozodlikka chiqdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Xolms 1988-yilda qurolli talonchilikka aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan. Ammo uning jinoyatga aloqasi bo‘lmagan.

Prokuratura Xolmasni ayblab, suddan uni 825 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qilgan. Chunki Xolms ilgari ham xuddi shunday jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lgan. Yakunda sud uni 400 yilga ozodlikdan mahrum etgan.

2020-yilda Xolms ishni qayta ko‘rib chiqishlarini so‘rab murojaat qilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, prokuratura uni ayblangan jinoyatga aloqasi yo‘qlini tasdiqlagan.

Shundan so‘ng, u joriy yilning 15 mart kuni ozodlikka chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring