Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Xitoyga kamroq elektromobil chiqarishni maslahat berdi

AQSh Xitoyga kamroq elektromobil chiqarishni maslahat berdi

Xitoy korxonalari juda ko‘p mahsulot ishlab chiqaradi, bu strategiya global muvozanatni buzadi va Xitoyning o‘ziga tahdid soladi. Bu haqda Guanchjouga tashrif buyurgan AQSh moliya vaziri Janet Yellen mahalliy rasmiylarga aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, elektr transport vositalari, akkumulyatorlar, quyosh panellari va yarimo‘tkazgichlar kabi toifalarda alohida nomutanosiblik kuzatilmoqda. Sanoatni rag‘batlantiradigan yirik davlat subsidiyalari va ichki talabning zaiflashuvi tufayli global xom ashyo narxlari pasaymoqda va boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqaruvchilar bosim ostida qolmoqda.

Yellen o‘z pozitsiyasini yetkazish uchun yuqori martabali amaldorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazmoqchi. U bunday siyosatning davom etishi muqarrar inqirozga olib kelishini tushuntirmoqchi.

Biroq Pekin hozirda mutlaqo teskari strategiyani tanlamoqda. Prezident Si Szinpin yangi texnologiyalar sohalarida ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun bu tarmoqlarga sarmoyalarni ko‘paytirishni buyurdi.

Davlat subsidiyalari Xitoyga ishlab chiqarish quvvatini oshirish imkonini beradi. Masalan, elektromobillar ishlab chiqaradigan zavodlar qurilishi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring