AQSh — Xitoy savdo urushi davom etadi: navbatdagi boj — 300 mlrd. dollar
Vashington va Pekin o‘rtasida savdo bitimi imzolanmas ekan, Amerika hukumati Xitoydan kelayotgan tovarlarga boj solaveradi. Oq uyda jurnalistlarni qabul qilgan AQSh prezidenti Donald Tramp shuni ma’lum qildi. Bu haqda «Life» xabar berdi.
«Boj qisqa muddatga 10 foizga oshirildi, keyin men uni ko‘paytiraman yoki kamaytiraman, hammasi bitimga qarab», — dedi Tramp.
«NPR» radiostansiyasi xabariga ko‘ra, Tramp aytgan atigi 10 foizlik boj taxminan 300 mlrd. dollarni tashkil etadi. Boj 25 foizgacha oshirilishi yoki bekor qilinishiyam mumkin. Yangi tariflar 1-sentyabrdan kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter