Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh vitse-prezidenti Nyu-York shahrini COVID-19 o‘chog‘i deb atadi

AQSh vitse-prezidenti Nyu-York shahrini COVID-19 o‘chog‘i deb atadi

Foto: Reuters

Bugun, 27-mart kuni CNBS telekanalidagi chiqishida AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Nyu-York shahrini yangi koronavirusning tarqalish o‘chog‘i deb atadi.

Pensning ta’kidlashicha, Nyu-York shahri va uning atrofidagi hududlar hozirgi kunda AQShda yangi turdagi koronavirus epidemiyasining markazi bo‘lib qolmoqda. Unga ko‘ra, infeksiya holatining yarmidan ko‘pi ushbu hududda tarqalgan.

Shuning uchun maxsus kasalxonalar shu yerda joylashtirilmoqda va bu yerga suzuvchi shifoxona ham yuborilgan.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus infeksiyasining 86 mingdan ortiq tasdiqlangan holati qayd etilgan. 1301 kishi COVID-19 oqibatida vafot etgan.

Avvalroq AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa ko‘tarilgani, jumladan Xitoyni ortda qoldirgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring