Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShga ulkan falokat xavf solayotgani bashorat qilindi

AQShga ulkan falokat xavf solayotgani bashorat qilindi

AQShning The Washington Post gazetasi muxbiri Sheril Chumli (Cheryl Chumley) Qo‘shma Shtatlarga yirik falokat xavf solayotganini ma’lum qildi.

Jurnalistga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden ham saylovoldi kampaniyasida, ham Oq uy minbaridan turib mamlakatni kuchli birlashtirishga va’da bergan, biroq uning va’dalari hali bajarilganicha yo‘q.

Uning fikricha, Bayden boshchiligidagi Demokratik partiya inflyasiyani misli ko‘rilmagan darajada tezlashtirdi, yoqilg‘i narxi keskin oshib ketdi. Demokratlar endi Qo‘shma Shtatlar va vatanparvar amerikaliklarga nisbatan nafratlarini yashirmayaptilar, deya yozadi jurnalist.

«Bayden davrida bu yomon holatlar yanada kuchaydi va butunlay xunuk shakllarga yega bo‘ldi. Ilgari faqat pichirlab aytilgan gaplar ochiq aytila ​​boshlandi», deydi Chumli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring