AQSh olimlari sun’iy ko‘z analogini yaratishga muvaffaq bo‘ldi
Harvard univesiteti qoshidagi muhandislik va amaliy fanlar maktabi olimlari «insoniyat qonunlari» asosida ishlaydigan sun’iy ko‘zni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Qurilma kvadrat metalinza va polimer hamda elektronlardan tayyorlangan sun’iy mushakdan iborat, deb xabar berdi «Hi-News».
«Mazkur ixtiro faqatgina oftalmologlar uchun emas. Ko‘z mikroskoplarni, mobil telefonlar va virtual yoki qo‘shimcha reallik qurilmalarini modernizatsiya qilishda juda qo‘l keladi», — deydi loyiha rahbari Federiko Kapasso.
Qalinligi 30 mikrometr bo‘lgan matalinzani uning atrofiga o‘rnatilgan shaffof elektrodlar va mustahkam diyelektrik materiallardan tayyorlangan sun’iy «mushak»lar yordamida boshqarish mumkin. Linzani qisish yoki cho‘zish orqali elektrodlarda kerakli taranglik berish mumkin — shu orqali uning optik defektini to‘g‘irlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Ayni vaqtda olimlar o‘z texnologiyalarini intellektual mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish borasida zaruriy rasmiyatchilik ishlarini olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter