AQSh noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilishni boshladi
AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) mamlakatni tark etishi buyurilgan minglab muhojirlarni tutishga kirishdi. Bu haqda «Fox News» xabar berdi.
ICE reydlari dam olish kunlari Nyu-York va boshqa shaharlarda boshlanib ketdi.
Ushbu xizmat migrantlar masalalari bo‘yicha sudga boshpana so‘rab murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo bu ishni qilmagan muhojirlarni qidirmoqda. Xabarga ko‘ra, ICE noqonuniy muhojirlar uchun fevral oyida mamlakatdan chiqib ketishni tashkillashtirib bermoqchi bo‘lgan, ammo ularning faqat 3 foizi murojaat bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida AQSh prezidenti Donald Tramp millionlab migrantlarni chiqarib yuborish bo‘yicha amaliyotlar boshlanishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter