Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Netanyahuning tez orada ketishini kutayotgani aytilmoqda

AQSh Netanyahuning tez orada ketishini kutayotgani aytilmoqda

Jo Bayden va uning yordamchilari Isroil bosh vazirining bu lavozimda «sanoqli» kunlari qolgan bo‘lishi mumkinligini muhokama qilishgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu tez orada o‘z lavozimini yo‘qotishi mumkin deb hisoblamoqda, deb yozadi Politico.

Nashrning yozishicha, Amerika yetakchisi Netanyahu bilan yaqinda Isroilda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida uning ketishi ehtimoli haqida ham gapirgan.

Ikki Oq uy rasmiysiga ko‘ra, Bayden hatto Netanyahuga «bo‘lajak voris bilan bo‘lishadigan saboqlar haqida o‘ylashni» taklif qilgan.

Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, Amerika prezidenti ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri o‘z lavozimida yana bir necha oy yoki hech bo‘lmaganda G‘azo sektoridagi operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanmaguncha qoladi.

31 oktyabr kuni Netanyahu HAMAS bilan urushning uchinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi, bu esa «G‘azo sektoriga quruqlikdan kirishni kengaytirishni» nazarda tutadi.

Baydenning oktyabr oyida Tel-Avivga safari Isroilni qo‘llab-quvvatlash maqsadida edi, deydi rasmiylar, lekin u shaxsan Netanyahuni «ehtiyotkorlik bilan qadam tashlashga va urushni kengaytirmaslikka» undagan.

Shu bilan birga, Oq uyning boshqa bir xodimi Isroil bosh vazirining kelajagi haqidagi munozaralarni «quruq gap» deb hisoblaydi va u Bayden ma’muriyati faqat Isroilni qo‘llab-quvvatlash haqida qayg‘urayotganini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring