Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Mudofaa vaziriga nima bo‘ldi?

AQSh Mudofaa vaziriga nima bo‘ldi?

Pentagon rahbari Lloyd Ostin shifoxonada davolanib chiqqani ma’lum bo‘ldi. AQSh Mudofaa vaziri tez orada Pentagonga qaytishini aytgan.

U shuningdek, jamoatchilikni sog‘lig‘idagi muammolari va tuzalayotgani to‘g‘risida xabardor qilishga va’da berdi. 

Ta’kidlash kerakki, Ostin 1-yanvar kuni oshkor qilinmagan sabablar bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Pentagon bu haqda bir necha kun davomida jamoatchilikka xabar bermagan. 

Ma’lum bo‘lishicha, 1-yanvar kuni Ostin rejalashtirilgan tibbiy protseduradan keyin turli asoratlar sabab shifoxonaga tushgan. 

Mudofaa vazirining holati sir tutilishi AQSh jamoatchiligida keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Pentagon jurnalistlari uyushmasi Qurolli kuchlarda Jo Baydendan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi kishining ahvoli muntazam ommaga ma’lum qilinishi kerak deya hisoblaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring