Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh koronavirusga qarshi vaksinasini ma’qulladi

AQSh koronavirusga qarshi vaksinasini ma’qulladi

Foto: «Magabook.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi «Moderna» vaksinasi mamlakatda foydalanish uchun ma’qullangani hamda yetkazib berish ishlari zudlik bilan boshlanishini ma’lum qildi.

«Moderna» vaksinasi ko‘pchilik tomonidan ma’qullandi. Tarqatish darhol boshlanadi», — deb yozdi Tramp «Twitter»da.

Avvalroq «Moderna» kompaniyasi ishlab chiqarishda kelib chiqqan muammo tufayli 400 ming doza koronavirus vaksinasini yo‘q qilishga majbur bo‘lgani, shunga qaramay, rejalashtirilgan dozalarni ishlab chiqarishdan to‘xtamasligi to‘g‘risida xabar tarqalgandi.

Ma’lumki, ekspertlar qo‘mitasi FDA tibbiy regulyatoriga AQShda COVID-19ga qarshi «Moderna» vaksinasini qo‘llashni tavsiya etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring