Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh hukumati Grin karta uchun ajratilgan 55 mingta vizani tarqatib bo‘ldi

AQSh hukumati Grin karta uchun ajratilgan 55 mingta vizani tarqatib bo‘ldi

AQSh Davlat departamenti 2023-yilga mo‘ljallangan «Turli millat vakillari uchun vizalar» (grin karta) dasturi bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha 55 000 ta vizani berib bo‘ldi. Bu haqda Qo‘shma shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi. 

Har yili Davlat departamentiga taxminan 55 000 ta viza berishga qonuniy ruxsat etiladi. 55 000 ta vizaning barchasi berilgach, ushbu dastur nafaqat O‘zbekistonda, balki barcha mamlakatlarda o‘sha yil uchun yakunlangan hisoblanadi.

«Turli millat vakillari uchun vizalar» (grin karta) dasturiga navbatdagi arizalar qabul qilish shu yil oktyabr oyi boshida ochiladi va biz ariza topshirish huquqiga ega bo‘lgan barchani unda ishtirok etishga taklif etamiz. Bu yil tanlab olinmaganlar yana dasturga ariza topshirishlari mumkin.

«AQSh elchixonasi grin karta bo‘yicha viza intervyusi bekor qilingan arizachilarni tegishli ravishda xabardor qildi. Biz tanlab olingan kishilarning 2023-yilgi dastur yakunlangani sababli viza ololmaganidan hafsalasi pir bo‘lishini to‘g‘ri tushunamiz. Biz immigratsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlardan Amerika Qo‘shma Shtatlariga keluvchi shaxslarning sayohatini osonlashtirishga intilamiz. Shuningdek, biz xilma-xillik hamjamiyatimizga olib keladigan muhim hissa ekani hamda AQSh iqtisodiyotiga ta’sirini e’tirof etamiz», – deyiladi AQSh elchixonasi rasmiy bayonotida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring