AQSh ikki hudud mustaqilligini tan oldi
Rossiya Xerson va Zaporoje mustaqilligini e’tirof etgan bir pallada AQSh qo‘l qovushtirib turgani yo‘q: Tinch okeanida joylashgan mikrodavlatlar — Kuk orollari va Niue suverenitetini tan oldi. AQSh va Tinch okeani orol-davlatlari sammitida Jo Bayden tantanali ravishda bayonot qildi.
«Tegishli maslahatlashuvlardan so‘ng Kuk orollari va Niueni mustaqil davlatlar, deb tan olishimizni iftixor bilan e’lon qilaman. Shuningdek, mintaqadagi eng yaqin sheriklarimiz — Mikroneziya Federativ Shtatlari, Marshall orollari Respublikasi va Palau Respublikasi bilan erkin assotsiatsiya bitimlari bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakuniga yetishiga umid bog‘laganmiz», — dedi Bayden.
Ma’lumot uchun: Kuk orollari (rossiyalik admiral Ivan Kruzenshtern buyuk britan dengiz sayohatchisi Jeyms Kuk sharafiga nomlagan) — 15 oroldan iborat arxipelag va Niue (orol) o‘zini o‘zi boshqaruvchi davlat tuzilmalari hisoblanadi va Yangi Zelandiyaga erkin bog‘langan davlatlar sirasiga kiradi. Birgalikdagi aholisi soni — 20 ming kishi atrofida.
Garchi 50 ga yaqin davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan bo‘lsa-da, Kuk orollarini aksariyat mamlakatlar xalqaro huquq sub’yekti sifatida tan olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter