Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh fuqarolari zudlik bilan Ukrainadan chiqib ketishga chaqirildi

AQSh fuqarolari zudlik bilan Ukrainadan chiqib ketishga chaqirildi

Foto: Pxhere.com

AQSh Davlat departamenti va Kiyevdagi elchixonasi Ukrainada jangovar harakatlar kuchayib ketishidan xavotirda. Shu munosabat bilan Ukrainada bo‘lgan barcha amerikaliklardan zudlik bilan chiqib ketish so‘raldi.

Davlat departamenti va diplomatlar Amerika razvedkasi ma’lumotlariga asoslanishayotgani aytilmoqda.

Elchixona tasdiqlagan ma’lumotga ko‘ra, yaqin kunlar ichida Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmalari va davlat obyektlariga zarbalar berilishi ehtimoli yuqori. Mamlakatni tark etish uchun, agar xavfsiz bo‘lsa, imkon qadar yer usti transportidan foydalanish tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, ertaga 24 avgust — Ukraina mustaqilligi kuni.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring