AQSh: dahshatli dovul ko‘plab insonlarning umriga zomin bo‘ldi
AQShning Kentukki shtati gubernatori Endi Besherning ma’lum qilishicha, dovul tufayli shtatda kamida 80 kishi halok bo‘lgan.
Avvalroq 70 dan ortiq kishining o‘limi haqida xabar berilgan edi.
«Men olgan xabarlardan shuni aytishim mumkinki, biz Kentukki shtatining 80 dan ortiq fuqarosini yo‘qotganimizni bilaman», – dedi Beshir CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Amerikaning bir qator shtatlarida, jumladan, Illinoys, Missuri, Arkanzas, Kentukki va Tennessi shtatlarida tornado va dovullar kuzatildi. Arkanzas shtatidagi qariyalar uyida yuz bergan tabiiy ofatda bir kishi halok bo‘ldi. Tennessi shtatida uch kishi halok bo‘ldi. Kentukki gubernatori Endi Beshir mintaqadagi tornado qurbonlari soni 100 dan oshishini taxmin qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter