Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh bosh infeksionisti SARS-CoV-2 «odam qo‘li bilan yaratilgani»ni inkor etdi

AQSh bosh infeksionisti SARS-CoV-2 «odam qo‘li bilan yaratilgani»ni inkor etdi

Foto: Xinhua

Yangi koronavirusning texnogen kelib chiqishi haqidagi gipoteza hech qanday dalilga ega emas, dedi AQShning Allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauki jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Uning ta’kidlashicha, tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirusning genetik tuzilishi uning hayvonlardan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqishini ko‘rsatmoqda.

Avvalroq CNN telekanali AQSh razvedkaci yangi koronavirus Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyada paydo bo‘lgani ehtimolini o‘rganayotgani haqida ma’lumot tarqatgandi.

Shuningdek, 2008 yilda OIVni kashf etgani uchun Nobel mukofotini olgan fransiyalik virusolog Lyuk Montane yangi COVID-19 koronavirusi tabiiy paydo bo‘lmagani, u laboratoriyada yaratilganini ta’kidlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring