Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chorvoq suv omboriga kanalizatsiya oqova suvlari oqib tushayotgani aytilmoqda

Chorvoq suv omboriga kanalizatsiya oqova suvlari oqib tushayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Chorvoq suv omboriga kanalizatsiya oqova suvlari oqib tushayotgani haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan o‘rganishlar davomida Bo‘stonliq tumani Novobod mahallasidagi «Chorbog‘ oromgohi» ning yuqori hududida «Chimgonsoy»  soyidan oqib o‘tuvchi suvlar avtomobil yo‘lining tag qismidagi quvur orqali suv omboriga quyilayotganganligi, xabarda keltirilgani kabi suv omboriga maishiy va ishlab chiqarish oqova suvlari oqizilmayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng mutaxassislar tomonidan laboratoriya tahlili uchun suvdan namunalar olindi.

Ishchi guruhi tomonidan Chorvoq suv ombori atrofida joylashgan xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, tadbirkorlik sub’yektlari, jumladan, mehmonxonalar, pansionatlar va boshqa aholi dam olish maskanlarining oqova suvlarni tozalash holati, shuningdek, Bo‘stonliq tumanida aholi va turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish, mavjud infrastrukturani yanada yaxshilash, chiqindi to‘plash shoxobchalari va chiqindi qutilari tarmog‘ini kengaytirish masalalari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring