AQSh Afg‘onistondan qo‘shinini olib chiqishni boshladi
![AQSh Afg‘onistondan qo‘shinini olib chiqishni boshladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1917216214.jpg)
AQSh Tolibon harakati bilan kelishuvga muvofiq, kecha, 9-martdan Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi, deb yozmoqda «Korrespondent». Bu haqda Pentagonning Afg‘onistondagi kuchlari (USFOR-A) rasmiy vakili, polkovnik Sonni Leggett ma’lum qildi.
«AQSh-Afg‘oniston deklaratsiyasi hamda AQSh va Tolibon harakati o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, USFOR-A qo‘mondonligi o‘z kuchlari sonini mavjud sharoitdan kelib chiqib 135 kun ichida 8,6 ming nafargacha qisqartirishga kirishdi», — dedi amerikalik zobit.
Legettning ta’kidlashicha, AQSh harbiy kuchlari Al-Qoida va IShIDga qarshi aksilterror operatsiyalari o‘tkazish hamda Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga yordam berishda davom etadi.
Amerika harbiy kontingentini 14 oy ichida Afg‘onistondan butunlay olib chiqib ketish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter