Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple»ning «aqlli» soati insonni o‘limdan saqlab qoldi

«Apple»ning «aqlli» soati insonni o‘limdan saqlab qoldi

Foto: «NV.ua»

«Apple Watch» soati 32 yoshli Uilyam Monzidelisga zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishi lozimligi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi «NV.ua».

Ish vaqtida Uilyam Monzidelisning boshi aylanib ketgan va ichki qon keta boshlangan. Shu vaqt «Apple Watch» unga zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qilishi kerakligi haqida ogohlantirgan.

Monzidelis shifoxonaga yetib kelguniga qadar bir necha bor xastaligi xuruj qilgan va juda ko‘p qon yo‘qotgan. Shifokorlar uning oshqozonida yara borligini aniqlagach, jarroh amaliyotini o‘tkazib, uning hayotini saqlab qolishgan.

Shifokorlarning aytishicha, agarda Monzidelis «Apple Watch»dan ogohlantirish olmaganida vafot etgan bo‘lardi.

«Apple Watch» soatlari tibbiyotga ixtisoslashgan qurilma bo‘lmasa-da, unda inson sog‘ligini monitoring qiluvchi funksiyalar mavjud. Eng muhim funksiyasi — foydalanuvchining yuragida sodir bo‘luvchi keskin o‘zgarishlarni aniqlashdir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring