Olimlar inson o‘limi sanasini bashorat qiluvchi soat yaratishdi
San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari sun’iy intellekt asosida ishlovchi soat yaratishdi, u egasining vafoti sanasini bashorat qiluvchi dasturga ega bo‘ladi.
Qurilma «o‘lim soati» deb nomlanadi, deb xabar berdi New York Post.
«Ishlatishdan oldin dastur maxsus so‘rovnomalar yordamida foydalanuvchining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘playdi, uning vazni, qondagi qand miqdori, qon bosimi, uyqu sifati, jismoniy faolligi, yomon odatlari, ovqatlanishi va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir etuvchi boshqa omillar hisobga olinadi», – deyiladi nashr xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter