Angliya futbol yulduzlari jiddiy xavfdan ogohlantirildi
Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar Angliya premer ligasining futbol yulduzlarini jiddiy xavfdan ogohlantirdi. Bu haqda ingliz matbuoti xabar bermoqda.
Gap Kamerunda o‘tkaziladigan Afrika millatlar kubogi haqida ketmoqda. Ayni paytda mamlakatda hukumat va separatistlar o‘rtasida katta nizo chiqqan. Musobaqani bekor qilish haqidagi muhokama paytida Afrika futbol konfederatsiyasi prezidenti Patris Motsepe bu fikrni ma’qullamagan.
Motsepening fikricha, xavf musobaqaga unchalik ta’sir qilmaydi. Kubokni ma’lum vaqtga ortga surish yoki Kamerunning janubi-g‘arbiy hududida o‘tkazish ham mumkin.
Ayni paytda musobaqada APLning 40ga yaqin yulduz futbolchilari ishtirok etadi. Ularning orasida Muhammad Saloh, Tomas Parti, Nikolya Pepe, Muhammad Elneni, Eduard Mendi, Riyoz Mahrez, Sadio Mane va Nabi Keyta ham bor.
Kamerundagi ingli tili inqirozi deb nom olgan mazkur nizolar 2017 yilda boshlangan edi. O‘shanda Ambazoniya federativ respublikasi tarafdorlari o‘zlarini mustaqil deb e’lon qilishga kirishishgan. 2021 yilga kelib, mazkur mojaro kuchayib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter