Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andrzej Malinowski: «Beeline raqamlashtirishga urg‘u bermoqda»

Andrzej Malinowski: «Beeline raqamlashtirishga urg‘u bermoqda»

6,8 million abonent, «Ookla» mustaqil tadqiqotiga ko‘ra eng yaxshi tarmoq, mamlakat aholisining ko‘pchiligi foydalana oladigan O‘zbekistondagi eng tez 4G interneti... Bu faktlar shu yili o‘zining yubileyini nishonlayotgan «Beeline Uzbekistan» kompaniyasining yutuqlarini ko‘rsatadi. Kompaniya bosh direktori Andrzej Malinowski respublikadagi 15 yillik faoliyat natijalari, operator bugungi kunda qanday loyihalarni amalga oshirayotgani, abonentlarining manfaatlari yo‘lida qanday vazifalarni hal etayotgani haqida so‘zlab beradi.

- Uyali aloqa bozori har doim yuqori raqobatbardosh deb hisoblanadi. «Beeline»ga O‘zbekiston bozoriga kirib, unda hozirgi o‘rnini egallashga nima imkon berdi?

- Darhaqiqat, telekommunikatsiya - juda raqobatbardosh biznes. Lekin u juda «qimmat» ekanligini ham unutmaslik kerak. Keng ko‘lamli texnologik va xizmat ko‘rsatadigan uyali aloqa tarmog‘ini qurish katta investitsiyalarni talab qiladi. Investitsiyalar – «Beeline»ning O‘zbekistondagi muvaffaqiyatiga asos solgan poydevoridir. «Ookla» kompaniyasining so‘nggi mustaqil tadqiqotiga ko‘ra, bizda eng yaxshi aloqa sifati, eng yaxshi qamrov va eng tez mobil internet mavjud. Mening fikrimcha, bu juda muhim yutuqlar! Bu natija ortida – kompaniya tashkil etilganidan buyon ishlab kelayotgan ko‘pchilik xodimlarning a’lo darajadagi mehnati, yuqori ishtiroki, mijozlarga e’tibor qaratilishi va to‘g‘ri boshqaruv qarorlari turibdi. Va, albatta, investitsiyalar!

- Sizningcha, kompaniyaning 15 yil ichida O‘zbekistonda erishgan asosiy yutuqlari nimalardan iborat?

- Kompaniyada bir necha rivojlanish "to‘lqinlari" bo‘ldi. Aynan «Beeline» mamlakatda birinchi bo‘lib 3G tarmog‘ini, keyin esa to‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qurdi. Hozir butun dunyo 5G haqida gapirmoqda. Ammo biz faqat ayrimlar uchun 5G-dan ko‘ra, mamlakat aholisi manfaati uchun barchada 4G bo‘lishini yaxshiroq deb hisoblaymiz.

O‘zbekistonda kompaniyaning tarixi har doim ham yorqin bo‘lmagan. Lekin xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqardik. Butun jamoa va har bir xodim alohida «qattiq» raqobat muhitida o‘ta zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayonida bebaho bilimga ega bo‘lishi juda muhim. Bunday yirik davlatda tarmoqni kengaytirish va mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish - oson ish emas. Va biz buni uddaladik! Yo‘lda duch kelgan barcha qiyinchiliklarga qaramay. Albatta, mukammallikka cheklov yo‘q, shuning uchun biz rivojlanishda davom etamiz. Hozirda kelgusi besh yil uchun strategiya ishlab chiqilmoqda, unga muvofiq «Beeline Uzbekistan» raqamlashtirish va Digital-xizmatlari yo‘lida harakatlanadi.

- «Beeline Uzbekistan» hozir milliy bozorda qanday o‘rin egallab turibdi?

- Biz uchun eng muhim ko‘rsatkich – mijozlarning xizmatlarimizdan qoniqishidir. Biz har doim NPS, iste’molchilarning sodiqlik indeksini diqqat bilan ko‘rib chiqamiz va mijoz bizning xizmatlarimizdan qanchalik qoniqishini baholaymiz. Bu bizga mijozlar bazasini ko‘paytirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarimizni yaxshilash imkonini beradi.

- Aytgancha, moliyaviy ko‘rsatkichlar haqida. Yaqinda «VEON» 2021 yilning uchinchi choragi yakunlarini sarhisob qildi. «Beeline Uzbekistan» uchun bu vaqt qanday bo‘ldi?

- Omadli! Bu o‘sishning asosiy omillaridan biri esa mobil internetdir. Foydalanuvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 13,2% oshgan. Hozirda O‘zbekistonning 5,3 million aholisi bizning tarmog‘imiz orqali internetga ulanadi, yarmidan ko‘pi esa yuqori tezlikdagi 4G-dan foydalanish imkoniyatiga ega.

- Kompaniyaning hozirgi bosqichdagi asosiy maqsadlari haqida gapirib bersangiz.

- «Ookla» bizning internetimizni O‘zbekistondagi eng tez deb tan oldi. Shu sababli, vazifalardan biri - mobil internet maydonini yuqori sifatli kontent bilan to‘ldirishdir. Biz Digital-xizmatlarimizni, masalan, mobil TV va musiqa, striming va FinTech-servislari, ta’lim platformalari, sun’iy intellekt asosida mahsulotlarni rivojlantiramiz. Bizda kuchli ustunlik bor: biz boshqa mamlakatlardagi «VEON» guruhidagi hamkasblarimizning tajribasiga tayanamiz, qaysi xizmatlar «uchmagani»ni va buning sababini tahlil qilamiz, O‘zbekiston bozorida shunga o‘xshash xizmatlarni ishga tushirishdan oldin ma’lum xulosalar chiqaramiz. «Beeline» o‘z abonentlari manfaatlarini ko‘zlab raqamlashtirishga urg‘u bermoqda!

Agar global maqsadlar haqida gapiradigan bo‘lsak, takror aytaman: mukammallikka cheklov yo‘q. Aloqa sifati bo‘yicha birinchi o‘rin – bu nafaqat ulkan yutuq, balki kompaniya uchun katta mas’uliyatdir. Shunday qilib, rejalar juda oddiy: abonentlar bazasi, internet tezligi, tarmoq qamrovi, moliyaviy ko‘rsatkichlar va mijozlar ehtiyojini qondirish bo‘yicha №1 bo‘lish.

- Ko‘pincha Markaziy Osiyo mamlakatlarida tog‘ balandliklarda aloqa vositalarni og‘ir sharoitda o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonning qaysi viloyatlarini tarmoq qurilishi jihatidan eng qiyin deb atash mumkin va nima uchun?

- Bizda barcha hududlarda kuchli jamoalar, malakali va tajribali mutaxassislarimiz bor. Tarmoqni rivojlantirish biz uchun professional vazifadir. Biz O‘zbekistonning imkon qadar ko‘proq aholisini aloqa bilan ta’minlash maqsadida nafaqat aholi zich joylashgan hududlarda, balki mamlakatning aholi kam yashaydigan chekka qishloqlarda ham tarmoq qurmoqdamiz. So‘nggi bir necha yil ichida «Beeline» yuzdan ortiq kichik aholi punktlariga aloqa xizmatlarini taqdim etdi.

- Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish tarmog‘i qanday rivojlanmoqda? Yangi mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislari ochilyaptimi?

- Yaqinda Toshkentda ikkita yangi ofis ochdik. Bu - kompaniya mutaxassislarining kundalik ishi. Har qanday operator texnologik va servis tarmog‘iga ega. Aloqa ishonchli, ammo SIM-kartani sotib olish uchun noqulay bo‘lgan vaziyatga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shu sababli hududlarda o‘z xizmat ko‘rsatish shoxobchalarimiz, hamkorlarimizning dilerlik salonlari ham taqdim etilgan, va u yerda «Beeline Uzbekistan» xizmatlarini ulashingiz mumkin.

- Hozirda «Beeline Uzbekistan»da milliy bozor uchun noyob hisoblanishi mumkin bo‘lgan xizmatlar mavjudmi?

- Bizda «Beeline TV» va «Beeline Music» platformalari bor. Ular O‘zbekiston uchun noyobdir. Ammo ishonchim komilki, nafaqat ko‘ngilochar servislar, balki hayot sifatini yaxshilashga, muhim kundalik muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan mutlaqo yangi raqamli xizmatlarni yaratish zarur. Masalan, sog‘liqni saqlash sohasida. Hozirda bunday xizmatlarning ko‘pchiligi - ishlab chiqish jarayonida. Tez orada ularning ishga tushirilishi haqida e’lon qilishimiz niyatidamiz.

- Tasavvur qiling, siz potentsial mijozni «Beeline Uzbekistan» foydasiga tanlov qilish kerakligiga birgina ibora bilan ishontirishingiz kerak. Unga nima deysiz?

- Yorqin tarafga o‘ting!

- Kompaniyaning zamonaviy abonentini qanday tavsiflash mumkin, «Beeline Uzbekistan» o‘rta statistik mijozining portreti qanday?

- Men Polshadanman, bizda shunday naql bor: «Odam itni sayr qildirayotganda, ularning har birida o‘rtacha uchtadan oyog‘i bo‘ladi». Statistik yondashuv, o‘rtacha xona harorati kabi, har doim ham ishlamaydi. Katta raqamlar qonuni tendentsiyalarni aniqlashga yordam beradi. Lekin har bir mijoz istagini qondirish kerak. Kelajakda unga nima kerak bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish kerak. Biz yaqinda «Amdocs» kompaniyasi bilan shartnoma imzoladik. Bu bizga biznes-jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ultra-zamonaviy tizimni yaratishga yordam beradi, ayniqsa, mijozlarga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lsa. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish endi bir necha oy emas, bir necha kun davom etadi. Bu mijoz va uning ehtiyojlari atrofida qurilgan strategiyaning faqat bir qismidir. Agar u bizning «Beeline TV»ni ko‘rsa, lekin unga qo‘shimcha telekanallar kerak bo‘lsa, kelajakda bunday imkoniyatni taqdim etish uchun imkon yaratishimiz kerak.

- «Beeline Uzbekistan» ijtimoiy sohaga ham investitsiya qiladi. Siz kompaniyaning qaysi ijtimoiy loyihalarini eng muhim deb hisoblaysiz?

- Kompaniya ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishi - ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston vazirliklari va tegishli idoralar bilan birgalikda respublika miqyosidagi davlat loyihalarida ishtirok etish hisoblanadi. Bu mamlakat kelajagiga kiritilgan sarmoyadir. O‘tgan yil davomida Jizzax va Samarqanddagi ikkita maktabni ta’mirlash, ularni zamonaviy texnologiyalar – kompyuterlar, interfaol doskalar bilan jihozlashga ko‘maklashdik. Va bu hali boshlanishi!

- «VEON» - xalqaro jamoa. «Beeline Uzbekistan» jamoasi haqida ham shunday deya olasizmi?

- Ha, haqiqatan ham shunday. Men o‘zim Polshada tug‘ilganman. Hozirda kompaniyada turli millatga mansub o‘n uchta top-menejerlar ishlaydi. O‘zbeklar bilan birgalikda ruslar, ukrainlar, qirg‘izlar, tojiklar, tatarlar faoliyat yuritadi... Lekin aytmoqchiman, boshqa davlat fuqarolari tezkor natijalarga erishish va loyihalarni amalga oshirish uchun ishga taklif qilinadi. Mamlakatda mahalliy mutaxassislardan iborat professionallar jamoasi shakllanishi kompaniya uchun nihoyatda muhim, ular vaqti kelishi bilan O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar.

- «Beeline Uzbekistan»ning asosiy korporativ qadriyatlari nimadan iborat?

- Biz abonentlarimiz, hamkorlarimiz, xodimlarimiz, mamlakat rahbariyati va aksiyadorlar uchun mutlaqo shaffof biznes olib boramiz. Kompaniyadagi munosabatlar o‘zaro hurmat va birlikka asoslanadi. Ha, qaror qabul qilish jarayonida biz muammolar bo‘yicha turli nuqtai nazarga ega bo‘lishimiz, bahslashishimiz, munozara qilishimiz mumkin. Ammo muzokaralar xonasidan chiqib ketayotgan vaqtda, biz bir jamoa bo‘lib umumiy pozitsiyamizni, umumiy qarorimizni ishlab chiqqan bo‘lishimiz kerak.

- «Beeline Uzbekistan» jamoasi qanday tamoyillarga amal qiladi? Jamoaga kimni ishtiyoq bilan qabul qilasiz?

- Hozirgi yoki bo‘lajak xodimimizning eng muhim xususiyati - oldinga intilish. Boshida unga qandaydir bilim va malaka yetishmasligi mumkin, ammo u rivojlanish va o‘rganishga tayyor bo‘lsa, unda biz bunday mutaxassisni jamoaga olishga tayyormiz. Inson ko‘zlarida «chaqnash», ish qilish istagi bo‘lishi kerak. Agar bunday bo‘lmasa, bizning yo‘limiz bir emas.

- Siz turli mamlakatlarda ishlagansiz va turli bozorlarni solishtirish imkoniga egasiz. O‘zbekistonning asosiy xususiyatlari va farqlari nimada?

- Bugun O‘zbekistonda Prezident va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning g‘oyat muhim davri. Bu o‘zgarishlar aloqa sanoatiga, hamda yangi texnologiyalarning rivojlanishiga yordam beradi. Bunday ijobiy jarayonlarda ishtirok etishimiz uchun katta imkoniyatlar ochilmoqda. «Beeline Uzbekistan» odamlarning hayot sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan texnologiyalarni faol joriy qilmoqda. Bizning bugungi faoliyatimiz - kompaniya qadriyatlari mamlakat qadriyatlari bilan qanday mos kelishining yorqin namunasidir.

O‘zbekistonda 35 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi, bu Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar aholisidan ko‘p. Respublika aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. O‘zbekistonning yorqin kelajagi bor. Va men Beeline Uzbekistan bu kelajakda o‘zining muhim rolini o‘ynashiga ishonmoqchiman.

- Korxona rahbari sifatida orzuingiz bormi? Agar sir bo‘lmasa, bu nima?

- «Beeline Uzbekistan» - O‘zbekistondagi eng yaxshi ish beruvchi kompaniya! Bu kompaniyaga abonentlar, butun mamlakat aholisi manfaatlarini ko‘zlab, eng qisqa vaqt ichida so‘nggi texnologik yechimlarni tatbiq eta oladigan, aktual mahsulot va xizmatlarni ishga tushiradigan, mijozlarga eng yaxshi xizmat ko‘rsatadigan iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish imkonini beradi. Mening orzuim amalga oshishiga umid qilaman!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring