Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura

Andijondagi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura

Avvalroq FVV 17-noyabr oqshomida Andijon tumanidagi ulgurji oziq-ovqat bozorida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar bergandi.

Aniqlanishicha, Andijon tumani, Sultonobod mahallasida joylashgan «Yorboshi vodiy savdo» MChJga tegishli bo‘lgan oshxona va savdo do‘konlarining umumiy 692,9 kv/m. qismi yonib, taxminan 1 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi «b» bandi (Og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring