Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturaning bir necha boshqarma boshliqlari ishdan olingani aytilmoqda

Bosh prokuraturaning bir necha boshqarma boshliqlari ishdan olingani aytilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining bir necha nafar mas’ullari ishdan olingani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim kanallar o‘z manbasiga tayanib, Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi, O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi va Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshliqlarining ishdan ketgani aniq ekanini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, Bosh prokuratura  Departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston Transport prokurori va Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari ham  lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar yo‘q emas.

Shu va shu mazmundagi xabarlar oqimiga qaramay, Bosh prokuratura bu borada izoh yoki munosabat bildirgani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring