Andijondagi «samosud» bo‘yicha ma’lumot berildi
Joriy yilning 4-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Aytishlaricha, samosud qilinayotgan fuqaro yo‘ldagi qoidabuzar haydovchilarni suratga olib, GAIga jo‘natgan» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Andijon viloyati IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 2020-yilning 22-dekabr kuni soat 11:00larda, Andijon shahrida yashovchi fuqaro N.Q. Jalaquduq tumani markazida joylashgan «Dehqon bozori»ga mevalar narx-navosini bilish uchun kelib, bozorni fotosuratga olayotgan vaqtida bir necha fuqarolar N.Q.ni boshqa maqsadda suratga olayotganlikda gumonlab, jamoat joyida turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilishgan.
Ushbu holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB XPB IIO TP profilaktika katta inspektori A.Yuldashev tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.
Jumladan, fuqarolar A.D, M.R, A.A, J.Z, va Q.D.lar jamoat joyida turli haqoratli so‘zlar bilan baqir-chaqir qilishganligi uchun ularning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi bois, to‘plangan hujjatlar chora ko‘rishlik uchun Jalaquduq tuman Ma’muriy sudiga yuborilgan.
2020 yil 25 dekabr kuni ma’muriy ish sudda ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarning har biriga BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter