Andijondagi maktabda o‘quvchilar ommaviy zaharlandi
Bugun, 30-sentyabr kuni soat 14:20 dan soat 19:00 ga qadar Andijon shahrida joylashgan Zaxiriddin Muxammad Bobur nomidagi xususiy ixtisoslashtirilgan maktabning 86 o‘quvchisi ko‘ngil aynishi, qayd qilish, ich ketish va isitma kabi shikoyatlari bilan tez tibbiy yordamga murojaat qilishgan.
Ularning 57 nafari Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, 17 nafari RShTTYoIM Andijon viloyati filialiga, 12 nafari Andijon viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. Shundan 5 nafari o‘qituvchi, 2 nafari oshxona ishchisi va 68 nafari o‘quvchi bo‘lib, 9 nafari o‘rtachi og‘irlikda, 77 nafarining ahvoli yengil.
O‘tkazilgan dastlabki epidemiologik tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, 3 xonadan iborat moslashtirilgan oshxonada 2 mahal ovqatlanish tashkil etilgan, bugun nonushtaga: bo‘tqa, non, choy, tushlikda: no‘xotli sho‘rva, lag‘mon, non va choy iste’mol qilishgan.
DSENM yuborgan ma’lumotga ko‘ra, ovqatlar menyusi «SES»chilar bilan kelishilmagan.
Shifoxonada bemorlardan tegishli laboratoriya tahlillari olingan, barcha bemorlarga tegishli davo muolajalari olib borilmoqda, ularning ahvollari qoniqarli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter