Andijondagi hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura
Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon shahrida avtomashinalar harakatlanish vaqtida taraflar o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Andijon shahar IIB 4-bo‘lim xodimlari tomonidan fuqarolar kaltaklangani, haqorat qilingani aytilmoqda» nomli videoxabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 14 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Estatib o‘tamiz, o‘tgan yilning may oyida fuqaro A. Abdukarimov aynan Andijon shahar IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limining bir necha nafar xodimlari tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter