Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi daryo dambasida yemirilish sodir bo‘ldi

Andijondagi daryo dambasida yemirilish sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyati Baliqchi tumani «Oqtepa» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi chap qirg‘oq dambasida yemirilish sodir bo‘lgani haqida xabarlar e’lon qilindi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi, viloyat FVB, viloyat Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida ishchi guruh tuzilgan.

Hozirda viloyat hokimining o‘rinbosari boshchiligida sel suv toshqin shtabi ishchi guruhi vakillari tomonidan ushbu holatni to‘la nazoratga olgan holda bugungi kunda 450 m³ tosh va 5000 m³ shag‘al ishlari bajarildi.

4 dona ekskavator, 6 dona samosval, 4 dona boshqa turdagi og‘ir texnikalar jalb qilinib, xavfdan saqlash ishlari olib borilmoqda. Yuz bergan hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring