Andijondagi «avariya»da Tiko bo‘linib ketdi
Andijon viloyati Shahrixon tumanida YTH sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha shu yilning 6 may kuni Shahrixon tumani, Segazaqum MFY hududidan o‘tuvchi A-373 «O‘sh-Andijon-Toshkent» avtomobil yo‘lining 412 kilometrida haydovchi, 1973 yilda tug‘ilgan Q.X. boshqaruvidagi «Tico» rusumli hamda haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan X.B. boshqaruvida bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
YTH natijasida «Tico» rusumli avtomobil haydovchisi Q.X. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter