Andijonda yuz bergan avtohalokatda ikki kishi halok bo‘ldi
![Andijonda yuz bergan avtohalokatda ikki kishi halok bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_1489412229.jpg)
Kecha, 4-aprel kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumani O‘rta Shahrixon MFYda yashovchi S.T. «Lasetti» rusumli avtomashinasini Asaka tumani Sho‘rqishloq mahallasi hududida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, qarshisidan kelayotgan Shahrixon tumanida yashovchi A.N. boshqaruvidagi «Moskvich-412» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Natijada «Moskvich-412» avtomashinasidagi ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, «Lasetti» haydovchisi va «Moskvich-412» avtomashinasining yana bir yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter