Andijonda YPX xodimi yo‘l harakatida xavfli holatni keltirib chiqardi
Ijtimoiy tarmoqlarda «IIBga qarashli mashina avariya keltirib chiqardi» sarlavhasi bilan tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, holat 14 may kuni soat 17:08 larda, Andijon tumanida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, viloyat IIB JXX YHXB 6-safarbarlik guruhi inspektori safdor A.Sh. xizmat vaqtida, davlat raqam belgisi 60 322 VSF bo‘lgan xizmat avtomashinasida oxirgi zarurat tufayli ko‘k va qizil rangli mayoqchalarini yoqqan holatda yo‘lni qatnov qismidan orqaga qayrilib olish harakatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Ammo shu vaqtda yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan 1997 yilda tug‘ilgan E.A. boshqaruvidagi Spark avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Oqibatda har ikki transport vositasi texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda ushbu yo‘l transport hodisasi bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan, xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter