Andijonda shifokor kaltaklandi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Andijon tumanida tez yordam brigadasi shifokori kaltaklangani, lekin urgan fuqarolarga chora ko‘rilmagani izohi bilan videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 4 iyul kuni soat 22:50 larda Andijon tumani hududida joylashgan Qo‘nji qishloq shifoxona punktida fuqaro N.J. shifokor M.M.ning faoliyatidan keskin norozi bo‘lib, shifokorni urib tan jarohatlari yetkazgan.
Hozirda ziddiyat ishtirokchilarining barchasining shaxsi aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda. Jabrlangan shifokor M.M.ga sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter