Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda qo‘shmachilik qilgan ayol qo‘lga olindi

Andijonda qo‘shmachilik qilgan ayol qo‘lga olindi

Andijon viloyati IIB odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 18 iyul kuni Andijon shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Unda Andijon shahrida yashovchi fuqaro ayol P.Z yashash xonadonida Izboskan tumani fuqarosi ayol G.G hamda Andijon shahrida yashovchi ayol A.Rlarni shahvoniy maqsadlarda foydalanish maqsadida saqlab, xolis mijozdan oldindan olingan kimyoviy ishlov berilgan 600.000 so‘m pullar evaziga mijoz bilan jinsiy aloqa qilishi uchun yashash xonadonida barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Fuqaro P.Zdan kimyoviy ishlov berilgan 600.000 so‘m pullar daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring