Andijonda qizil Gentra suvda oqib ketdi
Andijon tumani hududida joylashgan “Jahon buyum bozori” savdo kompleksi va “Qorasuv” kiyim bozori o‘rtasidan oqib o‘tgan “Shahrixonsoy” tashlama kanalida qizil rangli Gentra mashinasi oqib ketgan.
Mashina suvda tiqilib qolgan, ichida haydovchi va yo‘lovchilari bo‘lmagan. Bu haqda mahalliy aholi ichki ishlar organlariga xabar yuborgan.
Voqea joyiga yetib borgan qutqaruv guruhi soyga tushib ketgan Gentra avtomashinasini suvdan chiqarib olgan. Uning egasini ham topishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi mashinani kanal qirg‘og‘idagi joyda vaqtinchalik saqlash uchun qo‘yib, saqlagich qo‘l to‘rmozini ko‘tarmagan va natijada ulov soyga sirg‘alib tushib, oqib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter