Andijonda qaynota kuyovining 68 ta jarimasini to‘lab berdi
Andijon shahrida yashovchi M.A. turmush o‘rtog‘ining egaligida bo‘lgan Lacetti avtomashinasini boshqarib, yo‘llarda harakatlanish tezligini muntazam ravishda me’yoridan oshirib kelgan. Natijada 68 marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan.
MIB axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, viloyat IIB YHXB organlari tomonidan byuroning Andijon shahar bo‘limiga kelib tushgan jarima solish to‘g‘risidagi 68 ta qarorga muvofiq M.U.dan jami 28 million so‘m undirilishi belgilangan.
Bo‘lim davlat ijrochisi avtomashina egasini jarima pullarini to‘lashi yuzasidan ogohlantirgan. Shuningdek, qarzdorlik to‘lanmagani sababli Lacetti avtomashinasi jarima maydoniga olib kirib qo‘yilgan.
Shu sababli, kuyovi M.A. boshqaruvida sodir etilgan 68 ta jarima uchun qaynota 28 million so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalarni to‘lab berishini bildirgan va qizining egaligidagi avtomashinani jarima maydonidan olib chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter