Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «O‘zMobayl»ning yangilangan savdo ofisi ochildi (video)

Joriy yilning 10-noyabr kuni Andijon shahrida UZTELECOM milliy operatorining yangilangan, zamonaviylashtirilgan savdo va xizmat ko‘rsatish ofisining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayram tantanasida shahar ma’muriyati va kompaniya rahbariyati vakillari ishtirok etdilar.

2020 yil — UZTELECOM uchun to‘liq modernizatsiya yili deb hisoblash mumkin, bu ham kompaniyaning texnik qismiga, ham xizmat ko‘rsatish sohasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Milliy operator taqdim etilayotgan xizmatlarni takomillashtirish va yaxshilash ustida doimiy ish olib borib, mamlakat aholisining istaklari va talablarini inobatga olishga intiladi. Kompaniya jamoasi butun respublika bo‘ylab mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihani muvaffaqiyatli yakunladi. Natijada mavjud bo‘lgan barcha tayanch stansiyalar 3G va 4G (LTE) standartlarigacha modernizatsiya qilindi, bu esa o‘z navbatida, mobil internet sifati va mamlakatning barcha hududlaridagi qamrovini sezilarli darajada yaxshilashga olib keldi.

Bugungi kunda operator aholiga butun O‘zbekiston bo‘ylab sifatli va arzon mobil aloqa xizmatlarini taklif qilmoqda. Aynan shu tufayli, kompaniya o‘z abonentlariga qulaylik yaratish maqsadida, hududiy filiallardagi savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarini yangilab, ularni brendning yagona korporativ uslubida zamonaviy xizmat ko‘rsatish ofislariga aylantirishga qaror qildi. Ofislarni yangilash loyihasining asosiy konsepsiyasi Milliy operatorning barcha xizmatlarini birlashtira oladigan va kerakli ma’lumotlarni bir joyda mujassam etib, tez va qulay ravishda mijozlar uchun xizmat ko‘rsatadigan yagona Eco Hi-tech uslubidagi eng ergonomik va qulay ofislarni yaratishdir.

Kompaniyaning birinchi zamonaviylashtirilgan savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi Andijon shahrida o‘z eshiklarini ochdi va muntazam rejimda ishlashni boshladi. Keng, zamonaviy ofis xalqaro standartlar va tajribaga mos ravishda jihozlangan, shuningdek operator va abonentlarning o‘zaro aloqalari jarayonini soddalashtiradigan barcha zarur texnologiyalar bilan jihozlangan.

U yerda bir vaqtning o‘zida mobil aloqa xizmatlarini ulaydigan jismoniy shaxslar, korporativ mijozlar, shuningdek keng polosali internetga ulanish imkoniyatlari mavjud.

«Mobil aloqa sohasida nisbatan qisqa vaqt xizmat ko‘rsatishimizga qaramay, biz katta marralarni zabt etdik. Bu yil biz 5 yillik yubileyimizni nishonladik, bir yil ichida abonentlar bazasi ikki barobar ko‘paydi va bugun biz 7 millionlik ko‘rsatkichga yaqinlashmoqdamiz! Va biz bu marrada to‘xtamaymiz. Ushbu ko‘rsatkichlar biz uchun, albatta katta ahamiyatga ega. O‘zbekistondagi barcha mavjud savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining o‘zgarishi kompaniyamizni modernizatsiya qilish va takomillashtirish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Umid qilamizki, ushbu qulayliklar aholi tomonidan iliq qarshi olinadi va ishonchli munosabatlarimizni o‘rnatish uchun asos bo‘ladi», — dedi «O‘zbektelekom» AK O‘zMobayl filiali direktori o‘rinbosari Javlon Islomov.

– «O‘zbektelekom» AK «O‘zmobayl» filiali mijozlarini Andijon shahridagi yangi zamonaviy ofisi ochilishida ko‘rib turganimizdan juda xursandmiz, –  deydi «O‘zmobayl»ning Andijon filiali tijoriy faoliyatni rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Zuxriddinov. – 2020-yil kompaniyamiz uchun juda muvaffaqiyatli, omadli keldi. Resupublikamiz, jumladan, Andijon viloyatida ham ko‘plab baza stansiyalar o‘rnatildi. Mavjud baza stansiyalarimiz 4G standartiga o‘tkazildi. Mijozlarimiz soni 2 barobar oshirildi.  Kompaniyaning konsepsiyasiga ko‘ra, barcha viloyatlarda zamonaviy Hi-tech usulda ofislar ochilishi rejalashtirilgan. Va shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, bu ofislarning birinchisi Andijon shahrining markazida ochildi. Ofisimizda xizmat ko‘rsatishning elektron navbat tizimi joriy qilingan, operatorlarimiz ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishadi. Barchangizni «O‘zmobayl» ofisiga taklif qilib qolamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring