Andijonda «misi chiqqan» dollar tarixi
Andijon shahrida qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar J.R. va F.O. qalbaki 2 000 AQSh dollarini fuqaro G.K.ga 20 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 18 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni berib, evaziga 1 200 AQSh dollari va 5 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter